Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum hurmatli tadbirkorlar! Boshlangan yangi 2021- | AFEX-Uskuna | Xomashyo| Texnika

Assalomu alaykum hurmatli tadbirkorlar! Boshlangan yangi 2021-yil hammamizga yangi imkoniyatlar va daromadlar olib kelishini tilaymiz! Kompaniyamiz sizlarga shuni ma'lum qiladiki Xitoyning har yili nishonlanadigan Bahor festivali (Xitoy Yangi yil bayrami) kutilgan 28-yanvarda emas 14 yanvardan boshlanmoqda va 26-fevralda yakunlash rejalashtirilgan! Ayrim provinsiyalarda bayram yakunlanishi 5- martgacha davom etishi mumkin! Bunga sabab qilib kompaniya xodimlarining o'zi ishlaydigan hududdan bayram munosabati bilan boshqa shaharga borilganda 14 kunlik karantin rejimi asos qilib keltirilmoqda. Sizlarda kompaniyamiz yaqinda olingan buyurtmalar va yo'lga chiqishga ulgurmagan buyurtmalar yetkazish sanasida qisman o'zgarishlar bo'lishi mumkinligidan ogohlantiradi! Kompaniyamiz vakillari oldindan olingan buyurtmalarni juda qiyin sharoit bo'lishiga qaramasdan mijozlarga kelishilgan narxni saqlashga harakat qilmoqda! Bayram munosabati bilan konteyner narxlari 40HQ konteynerlar uchun hududga qarab 13000$ gacha ko'tarilgan va bu oxirgi ikki oyda kompaniyamiz uchun nazarda tutilmagan yo'l harajatlari va yuan kursining dollarga nisbatan oshganligi ortidan qo'shimcha 185000$ mijozlar hisobiga to'lab berildi! Bizga bildirgan ishonchingizdan xursandmiz! Kompaniyamiz qiyin sharoitlarda ham narxlarni o'zgartirmaslik uchun harakat qilmoqda!