Get Mystery Box with random crypto!

Hikmatli so‘zlar... 🕊

Telegram kanalining logotibi af0rizmlar_uz — Hikmatli so‘zlar... 🕊 H
Telegram kanalining logotibi af0rizmlar_uz — Hikmatli so‘zlar... 🕊
Kanal manzili: @af0rizmlar_uz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.24K
Kanalning ta’rifi

🕊 Hikmatli soʻzlar kanalida:
• hikmatli
• hayotiy
• dunyoviy
• ruhlantiruvchi aforizmlarni kuzatib boring!

🍂 Yurakdagi dardli hikoyalar: @songgi_sahifa


📥 Murojaat uchun: t.me/Af0rizmlar_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-14 21:37:28
Uxlashdan oldin gunohlaringizdan forig‘ bo‘ling!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim to‘shagiga yotayotgan paytda: «Laa ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shay`in qodiyr. Va laa havla va laa quvvata illaa billah. Subhanallohi, valhamdulillahi, valaa ilaaha illallohu vallohu akbar», deb aytsa, gunohlari (yoki xatolari) dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham kechib yuboriladi», dedilar.

Ibn Sunniy rivoyati

Ma’nosi:
Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har bir ishga qodirdir. Allohdan boshqada o‘zgartirish va quvvat yo‘q. Allohni poklab yod etaman, Allohga hamd bo‘lsin, Allohdan boshqa iloh yo‘q, Alloh ulug‘dir.

t.me/af0rizmlar_uz — Hikmatli soʻzlar
1.9K views︻╦̵̵͇ ᏟᴀƊᴇƬ╤─, 18:37
Ochish/sharhlash
2022-07-11 08:30:20
Sukut saqlash ham – ba'zida eng yaxshi javobdir...

Imom Ga‘zzoliy aytadi:
ilmning avvali sukut, keyin eshitish, keyin yod olish, keyin tarqatish va oxirida esa unga amal qilishdir. Shams Tabriziy esa sukut haqida quyidagicha bayon qilgan: "Chiroyli sukut saqlash odobida ham jimlikning, ham maʼnili javob qaytarishning siri yashirin". Til ofatlari kitobida ortiqcha gap so'zdan ko'ra sukut saqlash afzalroq ekanligi haqida ko'p bor aytiladi, chunki ortiqcha so'z – bu tilning ofatidir!

G‘azzoliy hikmatlari —@gazzoliy_ijodi
1.9K views︻╦̵̵͇ ᏟᴀƊᴇƬ╤─, 05:30
Ochish/sharhlash
2022-07-10 19:28:34Muammo bor lekin unga yechim ham bor...

Bir yigit keksa chol kampirning uyiga mehmon bo‘ldi. Yetmish besh yoshli otaxon:
Gulim, bir piyola suv olib kelasanmi?
Azizam, choy quyib ber”, “Go‘zalim, iltimos, choyimga novvot solib bersang” deb murojaat qilardi. Mehmon keksa otaxon kampiriga murojaat qilganida foydalangan mehr to‘la erkalovchi so‘zlardan ta’sirlanib, cholni savolga tutdi:
— Amakijon, oila qurganingizga necha yil bo‘ldi?
— Ellik yilga yaqinlashib qoldi, o‘g‘lim, –deya kulimsiradi otaxon.
— O‘zaro mehr-muhabbatingiz, munosabatlaringizdan ko‘nglim huzurlandi,- dedi yigit. Momomga “Gulim, azizam, go‘zalim” deb murojaat qilar ekansiz...
Keksa ayolning yonoqlari pushtirang tus oldi:
— Ha, amakingiz bir necha yildan beri shunday so‘zlar bilan murojaat qiladilar... –Onaxon shunday deb oshxonaga chiqar ekan, otaxon mehmonga shivirladi:
O‘zi eshitib qolmasin o‘g‘lim, ikki yil bo‘ldi ismini unutib qo‘yganman, haliyam eslolmayapman

t.me/af0rizmlar_uz — Hikmatli soʻzlar
1.9K viewsAdmin , edited  16:28
Ochish/sharhlash
2022-07-10 03:45:08 Imom G‘azzoliyning eng sara hikmatlari va asarlaridan parchalar uchun maxsus kanal o'z faoliyatini boshladi.

@gazzoliy_ijodi
@gazzoliy_ijodi
@gazzoliy_ijodi

G‘azzoliy hikmatlari —
@gazzoliy_ijodi
1.6K views︻╦̵̵͇ ᏟᴀƊᴇƬ╤─, 00:45
Ochish/sharhlash
2022-07-09 20:49:22Қалбни синдирмоқ...

Бир марта қалбни синдирмоқ Каъбани остун-устун қилмоқдан ҳам ёмондир. Чунки Каъбани Ҳазарати Иброҳим алайҳиссалом барпо қилган бўлсалар, қалбни Аллоҳ яратган.

@songgi_saxifa — Сўнгги саҳифа...
1.6K viewsS, 17:49
Ochish/sharhlash
2022-07-09 19:48:58
Agar...

Agar bugun aqling bo'lganida kecha xato qilmasding. Agar kecha xato qilmaganingda bugungi aqling bo'lmasdi!

t.me/af0rizmlar_uz — Hikmatli soʻzlar
1.6K views︻╦̵̵͇ ᏟᴀƊᴇƬ╤─, 16:48
Ochish/sharhlash
2022-07-04 03:07:58
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu

Nabiiy sallallohu alayhi va sallam:
"Qaysi biringiz oilasi tinch, tani sog' va bir kunlik rizqi bor holda tong orttirsa, go'yoki butun dunyoni qo'lga kiritibdi" dedilar...

Termiziy va Ibn Moja rivoyati

Yangi kun, yangi boshlangan hafta muborak aziz dindoshim!

t.me/af0rizmlar_uz — Hikmatli soʻzlar
1.8K viewsS, 00:07
Ochish/sharhlash
2022-06-30 10:40:15
Soniyalarni qadrlang...

Vaqt shunday bir bebaho ne’matki, hayotimizning ham quvonchli ham achinarli lahzalarining muxiridir.

Lekin eng ayanchlisi ham mana shu vaqtning ortga qaytmasligida. Dunyo boyliklari-yu, va eng qimmatbaxo buyumlari ham uni ortga qaytarishga qodir emas.

Shunday ekan vaqtingizni qadriga yeting. O’zingizga o’zingiz savol bering “Bugun nima qildim?”, “O’z oldimga qo’ygan vazifalarni uddaladimmi?”, “Men vaqtga arzigulik ish qildimmi?”.

Har kunning so’ngida o'zingizni sarxisob qiling. O’z ustingizda ishlang. O’z qirralaringizga o'zingiz ishlov bering, shundagina o’sasiz, rivojlanasiz.

Shuni unutmangki yosh niholga qanchalik ishlov berilsa undan ko’rkam va foydali daraxt yetishib chiqadi. Qarovsiz qolgan nihol ko’rimsiz butaga aylanishi hech gap emas.

t.me/af0rizmlar_uz — Hikmatli soʻzlar
2.0K viewsS, 07:40
Ochish/sharhlash
2022-06-14 18:51:27Sevgi-muhabbat...

Aytadilarki:
— Haqiqiy sevgi-muhabbat uch narsada bilinadi:
1. Sevgan suyganining so‘zini boshqalarning so‘zidan ustun qo‘yadi.
2. Sevgan suyganining suhbatini boshqalarning suhbatidan ustun qo‘yadi.
3. Sevgan suyganini mamnun etishni boshqalarni mamnun etishdan ustun qo‘yadi.

Bir olimdan so‘radilar:
— Oshiq deb kimga aytiladi va uning holi qanday bo‘ladi?
Olim javob berdi:
—Insonlar bilan oz aloqada bo‘ladi. Ko‘proq Rabbi bilan yuzma-yuz qoladi. Ko‘rinishi
sassiz-sadosiz, lekin uzluksiz tafakkur holida bo‘ladi. Qaraganda ko‘rmaydi, chaqirganda
eshitmaydi, suhbat chog‘i hech narsani anglamaydi. Boshiga bir falokat tushsa, ezilmaydi. Och qolsa, ochligini his etmaydi. Ko‘rinishi pajmurdadir. Allohdan boshqasidan qo‘rqmaydi. Uzlatda Allohga munojot etadi. Dunyolik yuzasidan ahli dunyo bilan olishmaydi.

Abu Homid G‘azzoliy Tusiy

t.me/af0rizmlar_uz — Hikmatli soʻzlar
2.4K viewsS, 15:51
Ochish/sharhlash
2022-06-13 16:51:12 OTA-ONA...

Mahzun ko'zlaridan sezib qoldim men,
Otam ham Onam ham birdek qaribdi...

Xayrulla Hamidov

t.me/af0rizmlar_uz — Hikmatli soʻzlar
2.1K viewsS, edited  13:51
Ochish/sharhlash