Get Mystery Box with random crypto!

​Shu kunlarda Bangkokda (Tailand) birinchi ATR72-600 samolyoti | AEROPORT ✈️ vodiy

​Shu kunlarda Bangkokda (Tailand) birinchi ATR72-600 samolyotini Silk Avia kompaniyasiga topshirish jarayoni davom etmoqda. Bu aviatashuvchi tomonidan Jetcraft Commercial Limited bilan kelishuv asosida sotib olingan uchta samolyotdan biri (2019 yilda ishlab chiqarilgan).

Silk Avia jamoasi samolyotning texnik holati va uning hujjatlarini tekshirishuvdan o‘tkazdi hamda birinchi sinov parvozini amalga oshirdi. Shuningdek, hozirgi kunga kelib havo kemasini texnik qabul qilish yakunlandi – bir oy davom etgan C-checkdan so‘ng (har 5000 parvoz soatida bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish shakli) samolyot texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma imzolandi.

Ayni damda yana bir muhim hujjat – samolyotni Toshkentga olib kelish uchun zarur bo‘lgan eksport sertifikati tayyorlanmoqda. Ruxsatnomalarni tayyorlash bilan bir qatorda samolyotni Silk Avia livreyasiga bo‘yash ishlari ham olib boriladi. Shundan so‘ng havo kemasi doimiy bazasi – “Toshkent” aeroportiga yo‘l oladi, u yerda ham havo kemasi ekspluatant sertifikatini olishi lozim bo‘ladi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi tomonidan sotib olingan ikkinchi samolyot ham C-checkdan o‘tkazilishi boshlangan.