Get Mystery Box with random crypto!

Aziz do'stlar! Sizlarni Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan ta | ADU YOSHLAR |Rasmiy kanal|

Aziz do'stlar!

Sizlarni Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yoshlik - har bir inson hayotidagi eng go'zal davr, kashfiyotlar, umidlar va yutuqlar davri. Jamiyatimizning barcha jabhalarida muvaffaqiyatli qadamlar tashlayotgan yoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Siz hech qachon to'xtamang, eng qiyin deb bilgan orzularingizni amalga oshirib, dadillik bilan oldinga boring. O‘zbekiston kelajagi sizlarning, mamlakatimiz yoshlarining qo‘lida.

Do'stlar, chin qalbimdan sizlarga sihat-salomatlik, maqsadlaringizga erishishda muvaffaqiyatlar, qat'iyat, ilhom, shubhasiz g'alabalar va muvaffaqiyatlar tilayman!

Omadbek Olimjonov
Andijon davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

ADU YOSHLAR ITTIFOQI RASMIY KANALI