Get Mystery Box with random crypto!

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida ' | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida "Salomatlik uchun 5000 qadam" aksiyasi o'tkazildi.

Bugun 2022 yil 18-noyabr kuni Muhtaram Prezidentimizning qarorlari ijrosini ta'minlash, ya'ni “Sog'lom turmush tarzini yaxshilash”ga qaratilgan chora tadbirlar rejasi ijrosi bo'yicha Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti o'zining reja grafigiga asosan  “5000 qadam" aksiyasini o'tkazdi. Fakultet dekani boshchiligida yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari S.Ismailov, tyutorlar hamda fakultetning ko'ngilli iqtidorli talabalari ham ishtirok etishdi.

Aksiya ishtirokchilari mamlakatimiz milliy ramzi hisoblangan bayroqlar bilan ishtirok etishi ushbu aksiyaga ko'tarinki ruh bag'ishladi.

Sport --sog'lik garovi. Erta tongdan jismoniy mashg'ulot bilan bir necha daqiqa shug'ullangan inson o'zini kun davomida tetik his etadi. Kuningizni tetik o'tkazishni istasangiz, sport bilan shug'ullaning, uzoq masofaga yuring.

Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti rasmiy sahifasi
@Ijtimoiy_iqtisodiyot_fakulteti