Get Mystery Box with random crypto!

#Live #Talabalar_haftaligi #Universal_quiz UNIVERSITETDA TAL | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

#Live
#Talabalar_haftaligi
#Universal_quiz

UNIVERSITETDA TALABALAR O'RTASIDA "UNIVERSAL QUIZ" TURNIRIGA START BERILDI

Ma'lumki, Andijon davlat universitetida "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" hamda "Talabalar haftaligi" doirasida 18 xil tanlov va musobaqalarga start berilgan.

Bugun, 14-noyabr kuni Andijon davlat universitetida talabalar o'rtasida "Universal quiz" turniri boʻlib oʻtmoqda.

Ayni damda ushbu turnirni Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev hamda Yoshlar boʻyicha ishlash prorektori A.Xamraqulov ochib berdi.

Turnirda 44 ta jamoadan 400 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Andijon davlat universiteti Yoshlari nomidan barcha jamoalarga omad tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube