Get Mystery Box with random crypto!

#Konsert_dasturi TALABALAR TURAR JOYIDA KONSERT DASTURI TAS | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

#Konsert_dasturi

TALABALAR TURAR JOYIDA KONSERT DASTURI TASHKIL ETILDI


Bugun, 3-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining 2-talabalar turar joyida Andijon davlat filormoniya ijodiy jamoasi tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-sonli qarorida koʻrsatib oʻtilgan taʼlim muassasalarida lektorlik konsertlarini tashkillash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat filarmoniya ijodiy  jamoasi taklif etildi.

Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan zamonaviy kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Konsert ko'ngilochar dasturlarga boy bo'ldi va yig'ilganlarni xushnud etdi.

http://t.me/ADU_Yoshlar