Get Mystery Box with random crypto!

#Qutlov UNIVERSITET JAMOASI MUSOBAQA G'OLIBI BO'LDI Jori | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

#Qutlov

UNIVERSITET JAMOASI MUSOBAQA G'OLIBI BO'LDI


Joriy yilning 30-sentyabr kuni oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan vodiydagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha turnir tashkil qilindi.

Musobaqa Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya sport universiteti Fargʻona filiali sport majmuasida boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra:

1-oʻrin - Adu jamoasi
2-oʻrin - OʻDJTSU Fargʻona filiali jamoasi
3-oʻrin Fargʻona davlat universiteti jamoalariga nasib etdi.

Andijon davlat universiteti jamoasi g‘olib jamoamizni g'alaba bilan muborakbod etib, kelgusida ham yuksak marralarni egallashlarini tilab qoladi.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube