Get Mystery Box with random crypto!

​​Nufuzli xorijiy oliygohlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

​​Nufuzli xorijiy oliygohlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor-oʻqituvchilar eng koʻp boʻlgan milliy OTMlar

Oʻzbekiston milliy universiteti
Samarqand davlat universiteti
Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Toshkent davlat texnika universiteti

Dunyoning nufuzli 1000 talik roʻyxatiga kiruvchi OTMlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor oʻqituvchilar soni 497 nafarga (oʻtgan yilda 450 nafar) yetdi.

Xorijiy professor-oʻqituvchilar va talabalar kelib faoliyat olib borayotgan davlatlar soni oʻtgan yilgidan 10% ga oshib, bugungi kunda 68 tani tashkil etmoqda.

Eng koʻp xorijlik professor-oʻqituvchilar Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetlarida faoliyat olib borgan.

Oʻzbekistonga xorijiy professor-oʻqituvchilar va talabalar kelib faoliyat olib borayotgan davlatlar soni oʻtgan yilga nisbatan 7 taga oshib, bugungi kunda 68 tani tashkil etmoqda.

Eng koʻp xorijlik professor-oʻqituvchilar Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Belarus davlatlaridan tashrif buyurishgan.

Eng koʻp talabalar Turkmaniston, Pokiston, Rossiya, Hindiston, Qozogʻistondan kelishgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube