Get Mystery Box with random crypto!

#Live UNIVERSITETDA ONLINE ARIZA TO'LDIRISHGA KO'MAK BERUVCH | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

#Live

UNIVERSITETDA ONLINE ARIZA TO'LDIRISHGA KO'MAK BERUVCHI ISHCHI GURUH FAOLIYAT KO'RSATMOQDA

Xabaringiz bor, 5-sentyabrdan oliy ta’lim muassasasiga to’lov shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan talabalar onlayn tarzda arizalar to’ldirib, shartnoma olishlari mumkinligi belgilangan edi.

Andijon davlat universitetida talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish maqsadida ishchi guruh o’z faoliyatini boshladi. Ishchi guruh online ariza to’ldirishda qiyinchiliklarga duch kelgan talabalarga amaliy ko’mak berishmoqda.

Arizasi ko’rib chiqilib tasdiqlangach, talabalar shartnomani o’zlarining shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. O'qishga shartnoma orqali qabul qilingan talabalar kontrakt.edu.uz, tabaqalashtirilgan to'lov shartnoma asosida o'qimoqchi bo'lganlar t.kontrakt.edu.uz orqali platformaga kirib shartnoma yuklab olishlari mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube