Get Mystery Box with random crypto!

#Rektor_tabrigi YANGI OʻQUV YILIDA YANGI MUVAFFAQIYATLAR HAM | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

#Rektor_tabrigi

YANGI OʻQUV YILIDA YANGI MUVAFFAQIYATLAR HAMROHINGIZ BOʻLSIN

Boshlanayotgan har bir kun, har bir daqiqa siz uchun yangi bir imkoniyatlar eshigini ochadi. Porloq erta uchun bugun mashaqqatli mehnat qilish talab etiladi. Mustaqil Oʻzbekistonimizning shonli kelajagi uchun siz-u biz bugun harakat qilmogʻimiz zarur.

Mana, safimiz ulkan marralarni koʻzlagan gʻayratli yigit-qizlar bilan boyidi. Yana bir guruh mutaxassislarni yurt kelajagini bunyod etishlari uchun jamiyat faoliyati tomon kuzatib qoʻydik.

Hurmatli yigit-qizlar! Sizlar bilan 2022/2023 oʻquv yilida ham ulkan marralarni zabt etishdan umidvorman. Ilm yoʻlidagi harakatlaringizga faqat va faqat muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Yangi oʻquv yilingiz muborak boʻlsin!

Facebook | Telegram