Get Mystery Box with random crypto!

#Yangi_oquv_yiliga_tayyorgarlik TALABALAR UCHUN IJARA UYLAR | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

#Yangi_oquv_yiliga_tayyorgarlik

TALABALAR UCHUN IJARA UYLAR TAYYORLANMOQDA

Yangi 2022/2023-o'quv yili boshlanishi arafasida Andijon davlat universiteti jamoasidan iborat bir guruh vakillar talabalar uchun barcha qulayliklarga ega ijara uylarini ko'zdan kechirmoqda.

250 dan ortiq talabalarni qamrab olish uchun 80 dan ortiq ijara xonadonlar o'rganildi. Mas'ullar mazkur xonadonlarga borib, ijara uy holati, xonadon ahli, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ma'qul topilganlari talabalar uchun turar joy izlashga mo'ljallangan "Talaba-24" telegram botiga joylanmoqda.

U yerdan talaba o'ziga ma'qul ijara uylardan birini tanlab, maqbullik shartlari bilan tanishishi mumkin.

Talabalar turar joyini muvofiqlashtirish bo'limi rahbari hamda tyutorlar ishtirokida bu jarayonlar izchil davom ettirilmoqda.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube