Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari | ⚜ADTI_Officiall

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

Agar talabgor haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Barcha talabalarga ulashing!

@DTMuz_Axboroti
Batafsil ma'lumot:
https://t.me/joinchat/Vml-4_6XW_XXbBlZ