Get Mystery Box with random crypto!

“O‘tkan kunlar” romani ba’zi manbalarda O‘tgan kunlar – o‘zbek | Adpi.uz | Rasmiy kanal



“O‘tkan kunlar” romani ba’zi manbalarda O‘tgan kunlar – o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub o‘zbek adabiyotidagi birinchi roman hisoblanadi. Roman XIX asr voqealarini o‘z ichiga olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqealar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „O‘tkan kunlar“da ham hikoyanavislikning ko‘p planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar bilan mavjud. Ilg‘or fikrlarni olg‘a suruvchi Otabek obrazi romanning g‘oyaviy va kompozitsion markazi hisoblanadi. U savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qiladi.

Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarini o'qib chiqishni tavsiya etamiz!

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
Telegram Facebook Instagram YouTube