2023-04-20 20:48:13
RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona viloyat Kengashi jamoasi muqaddas Ramazon Hayiti bilan yurtdoshlarimizni muborakbod etadi. Bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik, mehru oqibat, saxovat ayyomi barchamizga qutlug‘ bo‘lsin.
Sizu bizni fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, oilamiz tinchligi, yaqinlarimiz salomatligi uchun Alloh taologa shukronalar aytamiz.
Siz aziz yurtdoshlarimizga qutlug‘ bayram arafasida baxtu saodat, sihat-salomatlik, dasturxonlaringizga to‘kinlik, xonadonlaringizga fayzu barokat tilaymiz.
adolat.uz | telegram | facebook | instagram | twitter
14 views17:48