Get Mystery Box with random crypto!

Assalom alekum xurmatli admin,jamoatchilik vakillari va muxtar | ADOLAT YOʻLIDA

Assalom alekum xurmatli admin,jamoatchilik vakillari va muxtaram yurtdoshlar iltimos shu murojatimni yoritinglar,avvalo hamma hammani yangi yil bilan tabriklayman. Murojat qilishimizga sabab katta rahmat mana bayramniyam otkazib olyapmiz,lekin endi yana boshlanadimi svet ochishlar qanday yaxshi kayfiyatta kutib olingan yangi yilni harxil bahonalar bilan buzmanglar iltimos. Mana bolarkanku svetni ochirmasa hechqande BLEKAUT yuz bermasakan. Bu shunchaki sodda gól xalqimizni shuncha yildan beri aldab(afsuski haliyam,xozirgi kunda ham) ustidan kulib kelish ekan hamma yana bir bor tushundi. Baliqchi tuman Gulshan,Yangi hayot maxallalarida ham odamlar,Mustaqil va yangi Ozbekiston fuqarolari yashashyapti. Bizlar ham barcha kamunal va soliq tólovlarini tólayapmiz qolgan shahar va poytaxtda yashaydigan fuqarolarga óxshab. Insonga óxshab yashashga imkon beringlar. Sovuq tushdi ob havo keskin ózgardi bu gaplar 30yillik ertakku. Mana biz har yili Rossiyaga borib ishlaymiz -60; -70darajagacha sovuq boladi hechqayerda bir daqiqayam svet ochmaydiku. Qaxramon nomli liniyamizni Qaxraton deb ozgartirib olgan maxalliy axoli qish kelishi bilan qiyinchiliklar boshlanadi. Alam ustida bitilgan ushbu yuzlab fuqarolar nomidan qilingan murojatimizni beetibor qoldirmay iltimos energetik safsatabozlarga yetkazishga yordam beringlar telefonlarini baribir kotarishmedi

Botga kelgan xabar tahrirsiz uzatildi

@Adolat_yoli