Get Mystery Box with random crypto!

Adolat SDP Qashqadaryo viloyati

Telegram kanalining logotibi adolat_qashqadaryo — Adolat SDP Qashqadaryo viloyati A
Telegram kanalining logotibi adolat_qashqadaryo — Adolat SDP Qashqadaryo viloyati
Kanal manzili: @adolat_qashqadaryo
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-20 14:04:36
45 views11:04
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:04:35
42 views11:04
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:26:38
33 views06:26
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:26:20 Deputat aholi murojaatlarini o‘rgandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxfurat Xushvaqtova Koson tumanidagi Mullali qishlog‘i aholisi bilan yuzma-yuz muloqot uyushtirdi. Qishloq odamlari deputat bilan muloqot asnosida o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarni ham aytib o‘tdilar. Xususan qishloqning ichki yo‘llari ta’mirtalab. Aholining yil sayin ko‘payishi va yangi uy-joylar barpo etilishi hisobiga mavjud transformator talabga javob bermay qolgan. Eskidan o‘rnatilgan simyog‘ochlar ham eskirib yaroqsiz holatga kelib qolgan. Maxfurat Xushvaqtova aholidan tushgan bu kabi muammolarni mutassaddilar ishtirokida o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Shuningdek, qishloqdagi 41-maktab tadbirgohida mahalla a’zolari, o‘qituvchilar, yoshlar va xotin-qizlar vakillari huzurida yangilanayotgan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
So‘nggi olti yilda erishgan yutuqlarimiz haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, xalq farovonligi uchun juda ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘lamiz,-dedi Maxfurat Xushvaqtova.- Xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani, qo‘shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik “muzlar erigani” va boshqa ijobiy harakatlardan ko‘z yuma olmaymiz. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish talab etiladi. Shu tufayli ham Konstitutsiyamizga juda katta o‘zgartirishlar va normalar kiritilayapti.
Deputat yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlarni ishtirokchilarga batafsil tushuntirdi. Davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilayotganini qayd etdi.

-Barcha masalalar yechimi chinakam xalq ovozi bo‘lgan mahalla darajasiga tushiriladi,- dedi deputat. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi belgilab qo‘yilmoqda. Konstitutsiyamizda mazkur kafolatning belgilanishi mahallalarga o‘z hududini mustaqil boshqarish, aholi manfaatlaridan kelib chiqib davlat bilan sheriklik asosida muammolarni hal etib borish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqi berilayapti.
Deputat tumandagi Maydayobu, Surxon, bundan tashqari Mirishkor tumanidagi Pomuq qishlog‘i tomoshagohida, Jeynov qishlog‘idagi 19-maktabda, tuman markazidagi madaniyat va istirohat bog‘ida ham fuqarolar bilan samimiy muloqotga kirishib, Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini oddiy va ravon usulda odamlarga targ‘ib qildi. Uchrashuvlar yakunida Maxfurat Xushvaqtova keng jamoatchilik vakillarini 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga qatnashishga chaqirdi.

Doston Nusurov,
“Adolat” SDP Qashqadaryo viloyat
Kengashi yetakchi mutaxassisi.
28 views06:26
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:25:50
37 views06:25
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:25:45 Senator bo‘lajak iqtisodchilarga yangilanayotgan Konstitutsiyani targ‘ib qildi

Bugun Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tadbirgohida Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda oliygoh professor o‘qituvchilari, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Seminarda Narimon Umarov yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirdi.
-Bir narsani alohida aytish kerakki, Konstitutsiyaning bu matni olim-u mutaxassislar tomonidan o‘z-o‘zidan yaratilmadi, albatta. Balki, dastavval ikki bosqichda keng jamoatchilikning fikri, takliflari o‘rganildi, shundan so‘nggina Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. Birinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasini shakllantirish uchun fuqarolarimiz 60 mingdan ziyod taklif berishdi. Ularning asosiy qismi loyihadan joy oldi. Ikkinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoqlari orqali loyiha bilan 5 million aholi tanishib, 150 mingdan ziyod fuqarolarimiz taklif va mulohazalarini aytishdi. Shu bilan birga, mehnat jamoalari, oliygohlar, mahalla faollari va ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalarda ham yana qariyb 10 mingta qo‘shimcha taklif kelib tushdi. Ayni paytda xalqaro-huquqiy hujjatlar va 190 dan ortiq davlatlar tajribasi o‘rganildi, loyiha 6 turdagi ekspertizadan o‘tkazildi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan asrimizda yangilanayotgan Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingan. Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgan. Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganidan dalolat beradi.
Yoshlar bilan uchrashuvda senator partiyadoshimiz Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortganini e’tirof etdi.
Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.
Kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik – davlat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi albatta.
O‘zbekiston – ijtimoiy davlat, deb belgilanayotgani ko‘pchilikni ayni dilidagi ish bo‘ldi. YA’ni, insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlanayapti.
Bosh qomusimizda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanayapti. Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar
3 barobar ko‘paytirilgan.
Seminarda senator yangilanayotgan Konstitutsiya moddalari va normalari haqida batafsil to‘xtaldi. Xususan, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati etib belgilanayotganini alohida ta’kidladi.
-Qadrli yoshlar davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir,-dedi senator.
Senator Narimon Umarov seminar yakunida talabalardan tushgan barcha savollarga javob qaytardi. Seminar ham targ‘ibot, ham savol javob asosida uyushtirilgani foydali bo‘ldi.
Seminar yakunida senator barcha ishtirokchilarni referendumga faol ishtirok etishga chaqirdi.
Akmal Xaitov,
partiyaning Qarshi shahar Kengashi raisi.
23 views06:25
Ochish/sharhlash
2023-04-12 14:18:13
26 views11:18
Ochish/sharhlash
2023-04-12 14:18:13 Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi Sud-huquq masalalri va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Ruiddin Raupov hamda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov, senator Abduraim Erkayevlar ishtirokida Qarshi davlat universiteti akademik litseyi va Qarshi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida tadbirgohida “Yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekistonning mustahkam huquqiy poydevori” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
27 views11:18
Ochish/sharhlash
2023-04-11 11:22:58
Янгиланаётган Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янада тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдевори бўлади
Шаҳрисабз шаҳар 9230-сонли харбий қисмда бўлиб ўтган йиғилиш ана шундай деб номланди. Унда Шаҳрисабз шаҳар тарғибот гуруҳи аъзоси халқ депутатлари Қашқадарё вилоят кенгаши депутати Дилрабо Темирова , Шаҳрисабз туман маънавият ва маърифат маркази раҳбари Шахло Тоғаева ва хотин-қизлар фаоли У. Ахмедова ва бошқалар сўзга чиқишиб, ҳам мазмунан, ҳам шаклан мутлақо янгиланаётган Конституциямизда жамиятимиз ҳаётининг барча йўналишларини комплекс тартибга солиниши ҳамда мамлакатимизни демократик ривожлантириш йўлида энг муҳим ҳуқуқий пойдевор бўлиб хизмат қилиши,Конституциявий қонун лойиҳасидаги янги нормалар барча соҳаларни тараққий эттиришга, давлат ҳокимиятининг янада самарали ташкил қилинишига ёрдам беришини таъкидлаб ўтдилар.
Тадбир сўнгида сўзга чиққанлар жойлардаги ҳамкорликда ўзгаришларни, янгиланишларни халқимизга тушунтиришда ва референдумда фаол қатнашишларини билдирдилар
37 views08:22
Ochish/sharhlash
2023-04-11 11:22:58
Янгиланаётган  Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янада тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдевори бўлади
  Шаҳрисабз шаҳар 17-мактаб биносида бўлиб ўтган йиғилиш ана шундай деб номланди. Унда халқ депутатлари Қашқадарё вилоят кенгаши депутати ва 17-умумтаълим мактаби директори Дилрабо Темирова , Шаҳрисабз шаҳар кенгаши депутатлари Рохила Ишалиева ва Насиба Ахатовалар  ва бошқалар сўзга чиқишиб, ҳам мазмунан, ҳам шаклан мутлақо янгиланаётган Конституциямизда  ўқитувчилар шаъни ва қадр-қимматини ҳимоя қилиш, уларнинг ижтимоий ва моддий фаровонлиги, касбий жиҳатдан ўсиши тўғрисида ғамхўрлик қилиш тўғрисидаги норма уларнинг интеллектуал салоҳиятини оширишда асосий ўрин тутувчи  жамиятдаги ижтимоий мақоми ва обрўсини янада оширишга хизмат қилишини таъкидлаб ўтдилар.
  Тадбир сўнгида сўзга чиққан ўқитувчилар, махалла аҳли жойлардаги  ҳамкорликда ўзгаришларни, янгиланишларни халқимизга тушунтириш ишларида ҳамда референдумда фаол қатнашишларини билдирдилар.
31 views08:22
Ochish/sharhlash