Get Mystery Box with random crypto!

Grafik dizaynerga oson tutmang! — Shaxsan o'zim grafik dizayn | Graphic Design Free Lesson✅

Grafik dizaynerga oson tutmang!

— Shaxsan o'zim grafik dizaynerlik kasbi bo'yicha faoliyat olib boraman. Tan olish kerak oson emas, qonun-qoidalaridan tortib har bir pikseligacha rang psixologiyasi mavjud.

— Grafik dizayner nazariy bilim va ko'nikmalardan so'ng, shubhasiz amaliyotda "pishadi".
-Siz ham 6 oylab bilim olib, amaliyot qilib, vaqt topib dizayn qilish uchun kompyuter qarshisida o'tirar ekansiz, yangi dizayn uchun g'oyalar, kerakli resurslarni to'plash va uni bittagina dizaynda uyg'unlashtirish oson emas.

— Shu sababli kimnidir dizayn ishlariga baho berar ekansiz, albatta muloyimlik bilan fikringizni ayting, yerga urib xaqorat qilmang, siz tushunmagan mavzu bo'lsa bilan cheklaning.

P.S: Hullas azizlar, kimnidir mehnatini yaxshi yoki yomonligini chiroyli tushuntirib berish ham san'at!