Get Mystery Box with random crypto!

Android, iOS... Bo'ldimi? Smartfonlar operatsion tizimlari ha | Technology | ADM | Channel

Android, iOS... Bo'ldimi?

Smartfonlar operatsion tizimlari haqida gap ketganda faqat Android va iOS tilga olinadi. To'g'ri, ular smartfonlar bozorining 99% ini egallab olishgan, lekin boshqa tizimlar ham hamon ishlamoqda va ishlab chiqarilmoqda.

KaiOS (1-rasm): 2017-yilda ishlab chiqarilgan bo'lib, asosan "knopkali" telefonlar uchun mo'ljallangan. 2018-yilda Google ushbu tizimga $22 mln investitsiya kiritgan.

Lineage OS (2-rasm): Android asosida 2017-yilda yaratilgan OS. Oldindan o'rnatiladigan yopiq Android proshivkalarini almashtirishga mo'ljallangan. Ochiq kodli hamda Google xizmatlarining to'liq o'chirib tashlangani smartfonning xavfsizligini ta'minlaydi.

Sailfish OS (3-rasm): 2012-yilda yaratilgan, Jolla kompaniyasi (Finliyandiya) tomonidan ishlab chiqarilgan. Android ilovalar bilan ishlay oladi hamda Intel arxitekturasini qo'llab-quvvatlaydi. Qanaqadir sezilarli jihati yo'q.

Tizen (4-rasm): juda keng tarqalgan OS. Smartfonlar, planshetlar, aqlli tevizorlar, avtomobil bort-kompyuterlari, kameralar va boshqa qurilmalarda ishlatiladi. Samsung va Intel korporatsiyalri tomonida rivojlantirib kelinmoqda.

======
@admgroupuz