Get Mystery Box with random crypto!

Yaqin orada telegramda reklamalar paydo bo'lishni boshlaydi T | Technology | ADM | Channel

Yaqin orada telegramda reklamalar paydo bo'lishni boshlaydi

Telegram asoschisi o'zining blogida yozishicha: "Yaqin orada telegram kanallarida rasmiy reklamalar ko'rina boshlaydi".

Reklamalar foydalanuvchilarning shaxsiy xabarlar va ma'lumotlariga tayangan holda emas, balki kanalning mavzusiga qarab joylashtiriladi.

Shuningdek reklamalar sizning chatlar ro'yxatingizda emas, kanallardagi postlar orasida chiqadi.

Reklamalar oddiy postlardan ko'ra biroz qulayroq bo'ladi. Va siz kanaldagi barcha xabarlarni o'qimagancha sizga reklama ko'rinmaydi.

Keladigan foyda esa telegram foydalanuvchilari uchun bepul va cheklanmagan xizmat ko'rsatishni uzluksiz davom ettirish uchun sarf qilinadi.

Rasmiy manzil: https://promote.telegram.org/