Get Mystery Box with random crypto!

​#Adliya_tashabbus “Adliya kitobxonlar chempionati”: baholas | Adliya yangiliklari/Новости юстиции

​#Adliya_tashabbus

“Adliya kitobxonlar chempionati”: baholash qanday amalga oshiriladi?

Adliya organlari va muassasalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Adliya kitobxonlari chempionati”ga kelib tushgan ishlarning hakamlar tomonidan baholash jarayoni davom etmoqda.

Jarayon quyidagi tartibda kechmoqda.

Chempionatga 92 ta taqriz kelib tushdi. Ular 6 nafar hakam tomonidan avval e’lon qilingan 4 ta mezon bo‘yicha har bir mezonga 5 ballgacha baholash tizimida baholanmoqda. Har bir taqriz bir hakamdan eng ko‘pi bilan 20 ball, jami 120 ball to‘plashi mumkin.

Jarayonda xolislikni ta’minlash uchun hakamlarga ishlar mualliflari yashirilgan holda, raqamlab berilgan. Ya’ni hakamlar jarayon oxirigacha ishtirokchining shaxsini bila olmaydilar.

Pirovardida, 6 hakamning baholari jamlanib, yakuniy ballar asosida g‘olib e’lon qilinadi.

Hozirda baholash jarayoni qizg‘in pallada. Tez kunlarda g‘oliblarni e’lon qilamiz. Bizni kuzatib boring.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

@adliyangiliklari