Get Mystery Box with random crypto!

#xushxabar Adliya xabari Adliya vazirligi tomonidan Toshkent | 🇺🇿 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari

#xushxabar

Adliya xabari

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining 78 nafar iqtidorli talaba va o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandilar!


Xabaringiz bor, ushbu stipendiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda ham 80 nafar talaba-o‘quvchilar ushbu stipendiya bilan taqdirlangan edilar.