Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozl | 🇺🇿 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari

#Bilasizmi

Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo'lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.

Muddatli harbiy xizmatni o'tagan va kontrakt bo'yicha o'qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to'lab beriladi.

Kontrakt asosida o'qiyotgan talabalarga ta'lim krediti beriladi.

Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – “Yoshlar daftari” ishga tushirilgan.

“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning nogiron oila a'zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko'rsatiladi.

Nogironligi bo'lgan yoshlarga o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln so'mgacha subsidiya ajratiladi.

Davlat oliy ta'lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to'plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga o'qishga kirishda imtiyozlar beriladi.

Ayrim yoshlar OTMga o'qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to'lovlardan ozod etiladi.

“Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.

https://t.me/Adliya_yuridik_texnikum