Get Mystery Box with random crypto!

Ta'til 18-yanvargacha kechiktirilgani sababli talabalar yotoqx | Adhamjon Mahmudov | Personal blog

Ta'til 18-yanvargacha kechiktirilgani sababli talabalar yotoqxonaga kiritilmayotganligi haqida yozishmoqda.
Talabalar bu mamlakatda tajriba quyonchasiga o'xshab qolgan. Xohlasa rektor, xohlasa prorektor ularning ustidan tajriba o'tkazadi. Xohlasa ertalab oltida fizaratka qildiradi, xohlasa kechki 11da xonasini tekshirishadi. Xohlasa majburlab konsertga olib boradi, xohlasa futbolga, xohlasa uchastkovoy ushlab ketadi. Hech kim ularga talaba ham odam demaydi, shekilli.
Qattiq sovuqda oldindan shaharga qaytgan talabalarni ovora qilishdan maqsadni tushunmadim. Maqsad bo'lgan taqdirda ham, bu qabih maqsaddir.