Get Mystery Box with random crypto!

#Tayinlov Andijon davlat chet tillari instituti rektorining | ADChTI.uz | Rasmiy kanal

#Tayinlov

Andijon davlat chet tillari instituti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Teshaboyev Akromjon Yuldoshevich Andijon davlat chet tillari instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Akramjon Teshaboyev 1961-yili Qirg’iziston Respublikasi, O’sh viloyati Aravon tumanida tug‘ilgan. Andijon davlat pedagogika institutini (1983) tamomlagan.

Ma’lumoti oliy. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Shu kunga qadar Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

A. Teshaboyevni ushbu lavozim bilan muborakbod etamiz hamda kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube