Get Mystery Box with random crypto!

Dehqonchasiga.. Oltin kuz kelganiga ancha vaqt bo'ldi Bu fasl | ADABIYOT (Sirli dunyo)

Dehqonchasiga..

Oltin kuz kelganiga ancha vaqt bo'ldi
Bu faslning tarovati nafis, betakror.
Dehqonlar dalada hosilin olar
Faqatgina yilda bir bu bo'lar takror.

Fermerlar paxtasin g'amida bo'lar
Har kim ne eksa o'shani o'rar.
Moshpoya deysizmi yoki jo'xori
Qish kelmay barisin yig'ishib olar.

Mahalla raisi bekorchilarni
Paxta dalasiga quvib opketar.
O'z xohishi bilan chiqqanlar bisyor
Ular quyosh chiqmasdan paxtaga ketar.

Maktab bolalari o'qishdan keyin
Ota-onalariga yordam beradi.
Bu murg'ak kurtaklar qilishib mehnat
Paxta dalalarida paxta teradi.

Yog'in yog'masidan qurilish qilgan
Tom yopish uchun harakat qilar.
Loy ishning mavsumi o'tib bo'ladi
Bularni usta xalqi yaxshi biladi.

Qishloq turmush tarzini yozaveraman
Yozsam bu ishlar g'azal bo'ladi.
Qishloqning hayoti doim ajoyib
Buni qishloqda o'sgan bola biladi.

ISMOIL UMAROV