Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniy | Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Shotlandiya Hukumati va Parlamenti, Buyuk Britaniya Hukumati, Britaniya Kengashi hamda Edinburg xalqaro festivali tashabbusi bilan Shotlandiyada o‘tkazilgan VI Edinburg Xalqaro madaniyat sammitida ishtirok etdi.

Jamg‘arma ijrochi direktori Gayane Umerova oliy darajadagi uchrashuvda so‘zga chiqib, Jamg‘armaning 2023-yilda Qoraqalpog‘istonda “Barqaror rivojlanish biennalesi”ni o‘tkazish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Anjumanda 30 davlat vakillari, shu jumladan, AQSh, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarning madaniyat vazirlari ishtirok etdi. Shotlandiya parlamentida boʻlib oʻtayotgan sammit fikr-mulohazalar va tajriba almashish uchun qulay minbarga aylanib, butun dunyo madaniyat vazirlari va sanʼat arboblarini birlashtiradi.

@acdfuz