Get Mystery Box with random crypto!

15-dekabr kuni “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida zamon | Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

15-dekabr kuni “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida zamonamizning eng iste’dodli va yosh pianino ijrochilaridan biri – Kirill Rihter hamda "Richter Trio" jamoasining O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri hamrohligidagi musiqiy oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturi “Ekspressiv minimalizm” uslubidagi kompozitsiyalarga boy bo‘lib, muallif musiqaning nozik go‘zalligini tomoshabinlar bilan baham ko‘rdi. “In Memoriam”, “Mechanisms”, “Michigan 7” kabi mashhur asarlar tomoshabinlarga zavq ulashib, gulduros qarsaklar bilan olqishlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube