Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga! 15-dekabr kuni soat 19:30 da “O‘zbekiston” xalqaro anj | Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

Ertaga! 15-dekabr kuni soat 19:30 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida uzoq kutilgan Kirill Rixter konserti bo‘lib o‘tadi.

Bu safar Kirill Rixter hamda O‘zbekiston Davlat simfonik orkestrining qo‘shma konsert dasturi namoyish etiladi. Ushbu dasturda “In memoriam”, “Mechanisms”, “Michigan 7” va boshqa ko‘plab mashhur kompozitsiyalar o‘rin olgan.

Kirill Rixter va uning ijodi haqida

Kirill Rixter – pianino ijrochisi va kompozitor, minimalizm va neoklassika musiqiy yo‘nalishlari vakili hisoblanadi.

Akademik ta’limning yoqligi sabab, u o‘zini havaskor musiqachi deb ataydi. Tovushlar uning hayotini to‘ldirib turuvchi vosita bo‘lganligi bois, Kirill ularga juda sezgir. Rixter musiqiy to‘plamida pianino, simfonik orkestrlar va kamera musiqiy asboblari, mualliflik kinolari, fantastik blokbasterlar hamda zamonaviy xoreografiya asarlari uchun musiqalar mavjuddir.

Kompozitor Amerikada bo‘lib o‘tgan “FIFA 2018” futbol jahon chempionati translyatsiyasi uchun rasmiy mavzu yaratgani hamda “Chernovik” blokbasteri uchun bastalagan sauntreklari bilan juda mashhurdir.