Get Mystery Box with random crypto!

AutoCAD — avtomatlashtirilgan loyihalashtirish va chizmachilik | 3D.academy.uz

AutoCAD — avtomatlashtirilgan loyihalashtirish va chizmachilik uchun mo‘ljallangan dastur.
Mana ko‘p yillarki, u bir necha avlod muhandis, arxitektor, dizayner va loyihachilari uchun ishonchli yordamchi bo‘lib xizmat qilib keladi.

AutoCAD quyidagi sohalarda juda talabgir:
Arxitektura va quruvchilik.
Sanoat dizayni va interyerlar dizayni.
Konstruktorlik byurosi.
Telekommunikatsion kompaniyalar.
Geodeziya va kartografiya.

Dasturda ishlash — qo‘lda chizish prinsipiga asoslangan. Ya’ni, oddiygina grafik elementlar — kesma, aylana, yoy yordamida murakkab chizmalarni yaratish.

Ixtisoslashgan texnik oliygohlarga qaraganda, 3D Academy'da AutoCAD dasturida ishlashni qisqa vaqt ichida o‘zlashtirishingiz mumkin.
3D Academy'da o‘qish afzalliklari:
bilim olib, joyida amaliyot orqali mustahkamlash;
istalgan vaqt o‘qituvchiga yordam bo‘yicha murojaat qilish;
jamoada ishlash - suhbatlashish va tajriba almashinish imkoniyati;
shaxsiy portfolioingizni yaratib, birinchi buyurtmalar ustida ish boshlash.
O‘quv dastur vizualizator kursi doirasida AutoCAD dasturini noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlarga mo‘ljallangan.

AutoCad dasturida yana qanday amallarni bilasiz?
Fikringizni izohlarda qoldiring!

Batafsil ma’lumot:
+99888 333 5335

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram//Instagram//Facebook