Get Mystery Box with random crypto!

Tolibi ilm odoblari 1.Qalbini yomonliklardan tozalashi,hamda q | 𝑮𝒂𝒇𝒖𝒓𝒋𝒂𝒏𝒐𝒗𝒂'𝒔

Tolibi ilm odoblari
1.Qalbini yomonliklardan tozalashi,hamda qalbi ilmni qabul qilishi,yodlashi va manfaat olishi uchun Niyatini xolis Alloh uchun qilishi. Noʻmon ibn Bashir raziyallohu anhu aytadilar:"Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshittim:Ogoh boʻling tanada bir parcha goʻsht bor,u sogʻlom boʻlsa butun tana sogʻlom boʻladi,u buzilsa butun tana buziladi.Ogoh boʻling oʻsha narsa qalbdir".
2.Tolibi ilm mukammal taʼlim olishdan chalgʻitadigan barcha aloqalarni uzishi,kam ozuqaga rozi boʻlishi va hayot qiyinchiliklariga sabr qilishi kerak.U yana ilm va muallimga nisbatan kamtar boʻlishi lozim.
3.U taʼlim olishga juda tashna,bu ishda bardavom boʻlishi kerak.Ximmatini oliy qilishi,ilm bilan shugʻullanishni ortga surmasligi,biror foydani oʻzlashtirishni kechiktirmasligi lozim.Shu bilan birga malollanib qolmasligi uchun toqati yetmaydigan narsani oʻziga yuklab olmasligi kerak.Bu esa insonlarning oʻz holatiga koʻra belgilanadi.

"İshq"