Get Mystery Box with random crypto!

Bishr Xofiy shukr haqida: «Koʻzning shukri biror yaxshilik koʻ | Abdurahmon mufid | Abu Vines | ✅

Bishr Xofiy shukr haqida: «Koʻzning shukri biror yaxshilik koʻrganda unga qarash, yomonlikni koʻrganda, yumish. Quloqning shukri yaxshilikni eshitganda yodlab olish, yomonlikni esa unutish. Qoʻllarning shukri ular bilan haqqi boʻlgan narsalardan boshqa narsani ushlamaslik. Meʼda (qorin)ning shukri halol narsalar bilan oziqlanish. Aql va qalbning shukri ilm va hilm bilan ziynatlanish. Oyoqlarning shukri esa yaxshilikdan boshqa yoʻlda yurmaslik. Kim mana shularni bajarsa, haqiqiy shukr qiluvchilardan boʻladi», deydi. Alloh aytadi hayotda sen uchrayotgan holatlar qay biri senga zararliroq yoki manfaatliroq ekanini bilmaysan, oʻsha berganlarimdan  ham  ulugʻrogʻi ofiyat, odamlarning hojati senga tushib turganida sening odamlardan behojat boʻlishing, ularning ozoridan himoya qilinishingdir. Menga hamd ayt, neʼmatimning qadriga yet, amalingni riyodan xalos et.