Get Mystery Box with random crypto!

​#Tarqating Abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qogʻozg | Abrorxo'ja Abduhakimov | Rasmiy kanal✔💯

#Tarqating

Abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qogʻozga chop etib olish kerak!



Abituriyentlar uchun eng muhim eslatmalarni yigʻib chiqdik:

Test sinovlari kuniga 2 smenada o‘tkaziladi:

-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar testga kamida 1 soat vaqtliroq borgani oʻzlari uchun foydali.

kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi;

testga kirish uchun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi:

1) pasportning originali;
2) abituriyent ruxsatnomasi.

Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar oʻtmaydi. Albatta pasportning originali boʻlishi kerak;

abituriyent ruxsatnomasini
@edtm_mandatbot orqali yuklab olish mumkin;

abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan boʻladi;

abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qogʻozga chop etib olish kerak. Oq-qora rangda chop etsa ham boʻladi, rangli printerdan chiqarish shartmas;

Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varagʻi bilan almashtirmaslik kerak. Hujjatning yuqori qismida “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” degan yozuv boʻlishi kerak. Koʻpchilik “ABITURIYENT QAYD VARAQASI” degan hujjat bilan adashtirib qoʻyyapti;

testga ruchka olib borish shart emas, oʻsha yerda tarqatishadi;

testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yoʻq. Abituriyentlar oʻziga qulay koʻrinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas;

Joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

Bu yil jami 90 ta test boʻladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.
3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).

test jarayonlarini
test2022.uz sayti (hozir ham ishlab turibdi) yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomosha qilish mumkin.

Eng asosiysi test sinovlaridan qoʻrqmang. Hayajon boʻladi, bu tabiiy, hayajon boʻlgani bir hisobdan yaxshi ham. Ammo bu vahimaga aylanib ketmasin. Xotirjamlikni yoʻqotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, ichingizda oʻzingiz sevgan duolarni qaytaring, oʻz bilimingizga ishoning.

Barcha bilimli abituriyentlarga omad tilaymiz!

@Abrorxoja_Abduhakimov