Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik bayrami oldidan, kecha | ABREST Energy Engineering

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik bayrami oldidan, kecha yangi 3 ta quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderning birinchi bosqichiga e'lon berildi.

Navbatdagi 3 ta quyosh elektr stansiyasi Namangan, Buxoro va Xorazm hududlarida amalga oshirilishi va to‘plam quvvati 500 MVt bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatidagi 100 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirilgan bo‘lsa, Samarqand viloyatidagi 100 MVt quyosh elektr stansiyasida ishlar avjida ketmoqda. Shu bilan birga, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida boshqa quyosh elektr stansiyalari qurilishi ham yaqin orada boshlanadi.

@ABRESTuz