Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi marta otga minishim Biroz qo‘rqinchli ekan ~ Bu ha | O‘zbek 은혜 ~

Birinchi marta otga minishim Biroz qo‘rqinchli ekan ~

Bu hafta anchayin zich o‘tdi, yozma va og‘zaki tarjimalar ko‘p bo‘ldi. Hafta oxirida shahar tashqarisidagi Layner dam olish maskanida xodimlar uchun uyushtirilgan seminarda qatnashdik (bu haqida keyinroq vlog chiqaraman, xudo xohlasa).

Yanvar oyidagi rejalarim deyarli amalga oshdi. Umuman olganda hayotni sevish o‘zi aslida nima ekanligini endi chinakamiga anglab yetyapman.

Kelasi hafta ham zich o‘tishi aniq... Reja juda zich tuzilgan. Shuning uchun diqqatimni ishga qaratishim lozim. Ma'lum bir payt kanalga postlar chiqara olmayman. Buni sizlarga aytib qo‘yishim lozim, deb o‘yladim~

Xudo xohlasa, foydali postlar, yangi vloglar bilan qaytaman.

(Kuch-quvvat bersin, deb duo qilib turinglar )

@AboutKoreaWithEunHee