Get Mystery Box with random crypto!

#arxiv Instagramda edim. Doimgidek Po'lat Alemdarni videolari | About world

#arxiv

Instagramda edim. Doimgidek Po'lat Alemdarni videolari tomosha qildim. Keyin telegramga qaytsam bittasi yig'lab video chiqaribdi:
.***. men seni sevardimu nega bunday qilding iltimos meni qiynama bla bla bla ....


Ichimdan o'tganini yozib tasvirlay olmayman. U yoqda bittasi xalqi uchun, davlati uchun jon olib jon berib kurashib yotibdi, butun borlig'idan voz kechdi. Buyuk maqsadlari uchun, doimo harakatda bo'ladi. Dushmanlari bilan MARDlarcha kurashadi. Do'stlaridan, sevganidan, ayriladi, butun dunyo kalitlari qo'ida bo'ladi dushmanga sotilmadi, kibrga berilmadi, dushman qo'liga tushib qoladi, mardlarcha turib beradi. Bazida bergan vadasi ziyoniga ishlasa ham bajaradi.....


Bu tomonda bittasi shalpayib yig'lab o'tiribdi, ha mayli bitta yarimta bo'ladida deb pastroq tushsam bir to'p tog'ni ursa talqon qiladigan yigitlar bir parcha lattani talashib loyqa suvlargacha tushib talashib yotishibdi.

Rivoyat(balki haqiqatdir) esmga tushib ketdi. Podshox josusini qo'shni xalq ichiga "razvedkaga" yuborsa chegara yaqinidagi qishloqda yosh bolacha 10tadan 9 ta o'qim tegib bittasi tegmay qoldi deb yig'lab turganini ko'radi. 10tasidan 9 tasi tegibdiku hursand bo'lmaysanmi deb so'rasa, o'sha tegmay qolgan bitta o'qimdan dushman tirik qolib meni birodarlarimni o'ldirib qo'yishi mumkin degan ekan.
Podshox xujum qilish fikridan qaytadi. Oradan yiillar o'tib haligi josusni yana yuboradi. Bu gal josus borsa xuddi o'sha joyda navqiron yigit yig'lab o'tirganini ko'radi. Nega yig'lab o'tiribsan desa, sevgilim tashlab ketdi deb javob beradi.
Podshox xujum qiladi va shu xalqni bosib oladi.
Albatta rivoyatni iloji boricha qisqaroq bayon qilishga harakat qildim. Muhimi ma'nosini tushundingiz deb o'ylayman


Xullas: Xulosani o'zingizga qoldiraman