Get Mystery Box with random crypto!

Bir mahalliy hayvonot bogʻiga qutb ayigʻi sovgʻa qilishdi. Bog | About world

Bir mahalliy hayvonot bogʻiga qutb ayigʻi sovgʻa qilishdi. Bogʻ maʼmuriyati maxsus hovuz qurib bitirilguncha ayiqni katta qafasda saqlab turishga qaror qildi. Bogʻdagi eng katta qafas olib kelinib, hovuz ichiga qoʻyildi. Ayiq shu qafasga kiritildi. Biroq yangi “uy”i unga torlik qildi. Bechora jonivor bir tomonga uch qadam tashlagach, toʻsiqqa yetib kelar, zoʻrgʻa burilib, ortiga qaytar edi. Yana uch qadam yurar, yana oʻgirilardi…

Oradan bir muddat oʻtib, hovuz bitdi. Qafas olib tashlandi. Kenggina hovuzda bemalol aylanib yurish imkoni tugʻildi. Biroq u oldingiday uch qadam tashlar, soʻng qiynalib burilar, yana uch qadam yurgach, yana qayrilardi. U oʻtgan vaqt ichida oʻz ichiga qafas qurib olgan ekan…

Biz ham xuddi shu ayiq kabi oʻz imkoniyatlarimizni oʻzimiz cheklab olamiz. Hech qachon ichingizga qafas qurmang! Dunyoga faqat bir nuqtadan qarash, uni faqat bir xil rangda koʻrish bizni chegaralab, kishanlab qoʻyadi. Agar shunday ichki qafasni allaqachon qurib qoʻygan boʻlsangiz, uni buzib tashlang. Bu ish faqat oʻzingizninggina qoʻlingizdan keladi. Bunga jiddiy harakat qilmas ekansiz, sizga hech kim yordam bera olmaydi.

#Ibrat

@Edge_words