Get Mystery Box with random crypto!

​​Monopoliyani daraxt ildiziga tushgan parazitga qiyoslash mum | About world

​​Monopoliyani daraxt ildiziga tushgan parazitga qiyoslash mumkin. U yo'q qilinmas ekan daraxt ko'kka bo'y cho'zolmaydi.

Ayni paytda monopoliyani har bir sohada topish mumkin. To'g'ri monopoliyani yo'qotish oson emas, lekin o'zgarishlar vaqti kelmadimi ekan?! Ammo nazarimda bu jarayon orqaga emas oldinga intilayotgandek.

Vazirlar, deputatlar, hokimlar va h.k minbar oldiga chiqib olib qop-qop va'dalarni beraverishadi lekin amalda gaplarining 1 foizini ham qilishmaydi. Oddiy xalq esa puch va'dalarga ishonib qolaveradi.

Eng katta monopolistlardan biri bo'lmish GM. Bizning eng yaqin qadrdonimiz. Narxlar ancha qimmat ekanligi barchamizga ma'lum. Qimmatligi ham mayli yana qo'shimcha bu monopolistga mlrdlab imtiyozlar ham ajratiladi. Evaziga esa har gal avtomobillardan nimadir qismini olib tashlaydi yoki narxlarni yana oshiradi. Lekin hech kim rasmatojkani ochish haqida bosh qotirmaydi.

Ta'lim tizimi ham eng rasvolaridan biri. Hech kim ta'lim sifati haqida qayg'urmaydi ammo forma, galstuk va kalta paypoq kabi arzimas narsalar ustidan qattiq nazorat qilishadi. Hattoki darsga ham qo'yishmaydi. Yildan-yilga ta'lim sifati oshmasligi mumkin lekin kontrakt narxlarini oshirishni unutishmaydi. Ammo stipendiya hech kimni qiziqtirmaydi.

Bu yil maktablarda kitob ijara narxi ham keskin ko'tarilib ketibdi. (Menincha bunga dollar sabab bo'lgan) 1.5 mln oylik olayotgan oddiy xalq bu pulni nimaga yetkazsin? Narxlar doim kattakonlar cho'ntakiga qarab belgilangan. Jabrdiyda esa doimgidek biz xalq!

P.s Yozay desam gap ko'p ammo bilaman bu bilan hech nima o'zgarmaydi!

#Fikrlar

@Edge_words