Get Mystery Box with random crypto!

Esimda, ilk bora umidvor boʻlib, Hammadan chiroyli qaragan edi | - about me

Esimda, ilk bora umidvor boʻlib,
Hammadan chiroyli qaragan eding.
Qaymoqrang koʻylakda tabassum qilib:
«Chiroylimanmi?» deb soʻragan eding.

Umrimga afsuslar toʻlgani bilan
Umrimni umidbaxsh nurga oʻrading.
Oʻn besh yil oʻtdi-yu, (yolgʻoni bilan)
«Chiroylimanmi?» deb ming bor soʻrading.

Goh qulday jimgina koʻnib har shartga,
Gohida koʻnglimga qaramagansan.
Lek oʻyga tolaman: nega bir marta
«Aqllimanmi?» deb soʻramagansan...

#Joʻrabek Ramazon