Get Mystery Box with random crypto!

Bugun telegramimni maximal tozaladim, o’zi kerakli lekin hozir | - about me

Bugun telegramimni maximal tozaladim, o’zi kerakli lekin hozircha zarur bo’lmagan sahifalarni tark etdim, 1-2 guruh va bir nechta kanal qoldi. Oxirgi paytlarda foydali bo’lmagan har bir sms ham yoqimsiz tuyula boshladi.

Ko’p ham vaqtim yo’qligini o’z kanalimga ham vaqt ajratolmayotganimdan bilsangiz bo’ladi.

Ba’zilarni biror ish bilan telegramini ko’rib beradigan bo’lsam, delete akauntlar va keraksiz guruh/kanallarga ko’zim tushadi, bular keraklimi desam yo’q deb javob beradi hatto nega borligini ham o’zi bilmaydi.


Doim uzun postlar yozishga harakat qilaman lekin qisqa satrlar bilan kifoyalanaman, chunki fikrlarimni bir joyga jamlash nima demoqchi bo’layotganimni anglatish qiyinroq kechadi.

P/s. Siz ham maqsadingizni aniq qiling va keraksiz narsalarni tark eting, balki biz ham vaqtingizni olayotgan bo’lsak xech ikkilanmay tark eting!