Get Mystery Box with random crypto!

9-sinf shahodatnomasi bilan OTMga o‘qishga kirib bo‘ladimi? | @abituriyentuz

9-sinf shahodatnomasi bilan OTMga o‘qishga kirib bo‘ladimi?

O‘tgan yili shunga oid qiziq keys bo‘lgandi. 9-sinfni tugatgan navoiylik Nafisa OTMga hujjat topshirgan va Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kirgan.

Sababi DTM bazasida uning (9-sinfni bitirgan) shahodatnomasi bo‘lgan. Va Nafisa imtihon topshirib 178,4 ball bilan grantga kirgan. Lekin unga 11-sinfni tugatmagani uchun o‘qish imkoni berilmagan, shuning uchun OTMda emas, litseyda o‘qishni boshlagandi.

O'zbekistonda 11 yillik ta'lim majburiy.

Bu yil ham yuzlab hali maktabni tugatmagan o'quvchilar talaba bo'lgani aytilmoqda. Lekin ular OTMda o'qiy olmaydi. Afsuski, ular egallagan kvota ham bo'sh qoladi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi