Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilgi imtihonlarda savollar darajasi qanday bo‘ladi?  | @abituriyentuz

Joriy yilgi imtihonlarda savollar darajasi qanday bo‘ladi? 

Kirish test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i, 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi. Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25 foiz oralig‘ida;
• o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70 foiz oralig‘ida;
• qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25 foiz oralig‘ida.

Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Maktab bahosini hisobga olish nima bo‘ldi?

Shu yilgi qabuldan boshlab maktab va o‘rta maxsus muassasalar bitiruvchilarining oxirgi 6 yillik baholari kirish imtihonlarida hisobga olina boshlashi kerak edi. Tegishli qarorga ko‘ra, bitiruvchiga maksimal 5 ballgacha qo‘shib berilishi mumkin. Biroq bu tartib qanday ishlashi, bu yildan amalga kiritilishi yoki yo‘qligi bo‘yicha hozirgacha biror ma’lumot berilmadi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi