Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum aziz va qadrli dindoshlar. Muqaddas Islom | 𝗔𝗕𝗜𝗧𝗨𝗥𝗜𝗬𝗘𝗡𝗧 | 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬

Assalomu alaykum aziz va qadrli dindoshlar.
Muqaddas Islom dinimiz haqidagi bilimlarimizni yanada mustahkamlash, payg'ambarlar hayotlarini o'rganish maqsadida @Diniy_tafakkur kanalimizda "Din bilimdoni" tanlovining 4-mavsumiga start beramiz.

4-mavsum mavzusi: "Payg'ambarlar tarixi"
(Bu savol faqat "Payg'ambarlar tarixi" kitobidan tuziladi degani emas, qaysi manbadan tuzish ixtiyoriy, manba aniq bo'lsa bo'ldi)


Tanlov shartlari:
Payg'ambarlar tarixi, hayotiga oid test-savol tuzing va 4ta variant bilan birga to'g'ri javobi ko'rsatilgan holda, ism-familiyangizni yozib @DindanSavolBot manziliga yuboring (manbasini rasmga olib yuborish shart)

Siz yuborgan test @Diniy_tafakkur kanaliga joylanadi va kimning testi kamida 1000 kishi tomonidan ishlangan bo'lsa, o'sha ishtirokchilar 2-bosqichga o'tadi!
(Savolni kanal va guruhlarga tarqatish mumkin)


Qabul 22-fevralga qadar davom etadi.
2-bosqich savol-javob tarzida o'tadi, shartlar tez orada e'lon qilinadi!

G'olib "Hilol nashr" tomonidan chop etilgan ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining eng sara kitoblari bilan taqdirlanadi!
Maqsadimiz: Muqaddas dinimizni birgalikda ko'proq o'rganish!
Murojaat uchun: @DindanSavolBot

@Diniy_tafakkur sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/SIxXnLEgHUC5X5_4