Get Mystery Box with random crypto!

#kulgu_vaqti Universitetga kirish imtihoni. Birinchi abit | Abituriyentlar 🇺🇿 UZ

#kulgu_vaqti

Universitetga kirish imtihoni.

Birinchi abituriyent suhbatga kirdi. Suhbat jarayoni.
Komissiya: 2+2 nechi bo'ladi?
Abituriyent: 5.
Komissiya: Yo'q!
Abituriyent: 6.
Komissiya: Yo'q!
Abituriyent: 8.
Komissiya: Noto'g'ri, lekin qabul qilamiz. Ahmoq, lekin izlanuvchan ekan.

Ikkinchi abituriyent kirdi.
Komissiya: 2+2 nechi bo'ladi?
Abituriyent: 5.
Komissiya: Yo'q!
Abituriyent: 5.
Komissiya: Yo'q!
Abituriyent: 5.
Komissiya: Noto'g'ri, lekin qabul qilamiz. Ahmoq, lekin o'z so'zida turadigan, dadil ekan.

Uchinchi abituriyent kirdi. qabul
Komissiya: 2+2 nechi bo'ladi?
Abituriyent: 4.
Komissiya: Qanday aqlli nomzod, lekin afsuski joy to'lib bo'ldi!


https://t.me/Abituriyentlarx