Get Mystery Box with random crypto!

​​#iqtibos Ruslanbek Davletov, Prezidentning ijtimoiy-siyosi | Abituriyentlar 🇺🇿 UZ

​​#iqtibos

Ruslanbek Davletov, Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi:

— Men juda ko‘p muzokaralarda, xalqaro tashkilotlar, delegatsiyalari bilan og‘ir masalalarda xalqaro tribunalarda kuchli va buyuk odamlarni ko‘rganman. Lekin hamma ham oddiy odam. Hammada hayajon bo‘ladi. Katta tajribaga ega san’atkorlar har safar sahnaga chiqqanida hayajon bo‘lishini aytishadi. Menda masalaning ichiga kira olmaganimda hayajon bo‘ladi. Mavzuni yaxshi tushunib, o‘rganib, o‘zimga baland ishonch bilan so‘zga chiqqanimda hech qachon hayajon bo‘lmagan.

O‘ylaymanki, odam sohasini yaxshi bilsa, unga hech narsa hatto hayajon ham g‘ov bo‘lmaydi. O‘qigan bo‘lsangiz, hayajon va qo‘rquv bo‘lmaydi. Shuning uchun yaxshi o‘qish kerak.

https://t.me/Abituriyentlarx