Get Mystery Box with random crypto!

@Talabalar_Studentlar Student bu - o‘z kvartirasida faqat g | MANDAT NATIJALARI 2023

@Talabalar_Studentlar

Student bu - o‘z kvartirasida faqat gorox-makaron ichib, qizini qimmat restoran, kafelarda ovqatlantira oladigan"JENTLMEN".

Student bu - hech bir fandan daftar tutmasa ham 100.000 so‘mlik sumka ko‘taradigan, ichida faqat avtobus uchun 2000 so‘m olib yurish uchun 120.000 so‘mga karman sotib oladigan "KRUTOY".

Student bu - 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzning ichida 6 oylik konspektni yozishga ulguradigan "PROFESSOR".

Student bu-schetida bir senti bo‘lmasa ham 750$ lik Iphone ko‘tarib yuradigan "BOYVACHCHA".

Student bu-darsda o‘tirib ham naushnikda qo‘shiq eshitib, ham konspekt qilib, ham telefonida netda o‘tiroladigan "SEZAR".

Student bu-atigi 220.000 so‘m stipendiya olish uchun 6.000.000 so‘m kontrakt to‘lay oladigan "MILLIONER".

Student bu-uydan futbolka-jinsida chiqib, dekanni yoniga oq ko‘ylak-galstukda kiradigan "INTELLIGENT".

Student bu - butikda 100 $ ga ko‘rgan kiyimini Bozardan 85.000 so‘mga tushirib ololadigan "BIZNESMEN".

Student bu - o‘zi 300 so‘mlik pirashka eb yurib, qizini tug‘ilgan kuniga 300 dona atirgul sovg‘a qila oladigan "ROMANTIK" !!!

Ammo tan olish kerak- Studenligim-oltin davrim deyishganini.

(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz