Get Mystery Box with random crypto!

2025-yil 1-sentyabrgacha barcha maktablarga nazorat kameralari | ABITURIYENTLAR 🎓 | RASMIY

2025-yil 1-sentyabrgacha barcha maktablarga nazorat kameralari o‘rnatiladi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab» tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturda belgilangan.

Dastlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.

2024-yil 1-yanvargacha "Xavfsiz maktab" loyihasi kamida 130 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, 2025-yil 1-sentyabrgacha bosqichma-bosqich barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar