Get Mystery Box with random crypto!

'Perevod' sekin-asta yo'qoladimi? So'nggi vaqtlarda o'qishni | ABITURIYENTLAR 🎓 | RASMIY

"Perevod" sekin-asta yo'qoladimi?

So'nggi vaqtlarda o'qishni ko'chirish (perevod) masalasi sekin-asta yo'qolib ketishi haqida turli xil gap-so'zlar urchimoqda.

Xo'sh aslida ham shundaymi?

Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga ko'ra, bu strategik jihatdan u qadar haqiqatga yaqin emas. Sababi hozirgi Oliy ta'lim vazirligi rahbariyatida bu mavzuda dadil o'zgarish kiritishga strategiya ham jur'at ham yo'q.

A.Toshqulov davrida ta'lim sohasida bir qancha islohotlar amalga oshirildi va u keyingi bosiqchlardan ham iborat edi. Biroq, vazir lavozimni tark etganidan so'ng jarayon to'xtab qoldi.

Yangi vazir kelganidan so'ng, avvalo vazirlikning rasmiy logotipini almashtirishdan boshladi. Undan so'ng ta'lim sohasida sezilarli o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Hozirgi vazirlik rahbariyatining nazari asosan nodavlat oliygohlarga qaratgan. Asosiy maqsad ham shu.

Shu sababli ham ularda o'qishni ko'chirish masalasida ko'zga ko'rinarli o'zgarish qilish amrimahol. Na bir foydali, na bir zararli tomonga siljishdan darak ham yo'q...

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar