Get Mystery Box with random crypto!

Maqsadga erishish uchun diplom kerakmi? Muhammadali Eshonqu | Abituriyentlar | Rasmiy kanali

Maqsadga erishish uchun diplom kerakmi?

Muhammadali Eshonqulov. Iqtisodchi va biznes-murabbiy
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan:

O‘zbekistonda shunday stereotip shakllanganki, o‘qishga kirgan bola baxtli, kirolmagani esa omadsiz hisoblanadi.

To‘g‘ri, siyosatshunoslik, harbiy, tibbiyot kabi o‘nlab sohalarda, albatta, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish shart. Lekin shunday yo‘nalishlar bor, ularni professional egallash uchun universitetda to‘rt yil vaqt o‘tkazish kerak emas. Misol uchun, robototexnika, IT, SMM kurslari — bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin.

Oliy ta’lim qamrovi katta bo‘lgani uchun bu sohalarga o‘zgarish kiritish ko‘p vaqt talab qiladi. Masalan, bitta dasturni o‘tish uchun bir yil oldin tasdiqlanishi kerak. IT esa har soatda o‘zgarib boryapti. O‘zgarishlarga nisbatan o‘zgaruvchanlik xususiy sektorda kuchli bo‘lgani uchun ular oliy ta’limdan o‘tib ketmoqda.

Oldingizga maqsad qo‘yganingizdan so‘ng o‘zingizga savol bering, maqsadlarimga erishishim uchun diplom kerakmi? Agar diplom ahamiyatsiz bo‘lsa, universitetda o‘qish sizning va boshqalarning zarariga ishlashi mumkin.

Chunki siz kimningdir o‘rnini bekorga band qilib, jamiyatga salohiyatli kadr chiqishiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lasiz. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, necha marta yiqilishingizdan qat’i nazar, unga erishmasdan qo‘ymang. Harakat qilishdan aslo to‘xtamang.

@Abituriyentlar_kanali - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar