Get Mystery Box with random crypto!

Apellyatsiya bera olamanmi? Berishingiz mumkin va kerak! Sizg | Abituriyentlar Kanali🎓

Apellyatsiya bera olamanmi?

Berishingiz mumkin va kerak!
Sizga jarima solinmaydi, tanbeh berilmaydi, natijalaringiz bekor qilinmaydi. Xatolaringizga qarash va xulosa chiqarish foydali bo'ladi. DTM xato qilganini topsangiz, sizga ball qoʻshib beriladi!

Mandat
eʼlon qilingandan soʻng 10 kun ichida apellyatsiya shikoyatini yuborishlari mumkin.

Apellyatsiya shikoyatini my.dtm.uz sayti orqali berishlari mumkin. Hozircha bu funksiya saytda yoʻq.

Apellyatsiyada oʻzingiz ishlagan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi va apellyatsion karta sizga beriladi.

Test topshiriqlari kitobini koʻrib chiqib, agarda eʼtirozingiz boʻlsa ekspertga uchrashasiz.

Ekspertga Siz oʻz eʼtirozlaringizni tushuntirib berishingiz kerak boʻladi.

Eʼtirozlar oʻrinli deb topilsa Sizga shu savol uchun ball qoʻshiladi.

@Kirish_Ballari